Bugun oqshomda ajoyib futbol spektakliga start beriladi. Ha, adashmadingiz, bu biz oxirgi paytlarda ko'p va xo'p gapirayotganimiz Evropa Chempionlar ligasi finalidir. Bugun biz biroz improvizatsiya qilgan holda mazkur to'qnashuvda qanday hisob qayd etilishi mumkinligi haqida fikr yuritishga qaror qildik. Xo'sh, mantiqan olib qaraganda, qanday hisob qayd etilishi mumkin?
Asosiy daqiqada —0-0. Nursiz durang!
Bizningcha, hech qaysi jamoa o'yin taqdirini penaltilarga olib borishni istamasa kerak. Shu boisdan asosiy daqiqada barcha masalani hal qilishga intiladi. Shu boisdan katta ehtimol bilan biz asosiy taymlarda golning guvohiga aylanamiz. To'g'ri, ikkala jamoaning darvozasini ham mahoratli posbonlar himoya qilishadi, biroq Iguain, Dibala, Ronaldu kabi hujumchilar harakat qilgan o'yinda gol urilmasligi, ayniqsa, u final bo'lsa, mumkin emas. Qolaversa, biz ham bunday o'yin bo'lishini istamasdik. Har holda gol futbolning bezagi.
Asosiy vaqtda — 2:1. “Yuventus”ning g'alabasi
Bo'lishi mumkin. Boisi Buffon ancha mahoratli va uning darvozasini bitta o'yinda ikki yoki undan ortiq marotaba ishg'ol qilish qiyin masala. Qolaversa, ayni damda Madrid klubining himoyasi unchalik ham kuchli emas, Karvaxal jarohatidan endigina qutulgan, Pepening safdan chiqqaniga esa ancha bo'ldi. Demak, agar Dibala va Iguain kutilganidek o'yin namoyish etishsa, Keylor Navasni ikki marta ranjitishni eplasa bo'ladi.
Asosiy vaqtda — 1:2. “Real”ning g'alabasi
Davomi