“Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kelini Italiya chempionatining 29-tur doirasida SPALga qarshi o'yinda (0:0) jarohat olgan.
Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, italiyalik 33 yoshli himoyachining jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo'lib chiqgan.
Kelini Italiya terma jamoasining ikki o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuboradi.
Shuningdek, u “Real”ga qarshi EChL chorak finalida 3 aprel kuni Turinda bo'lib o'tadigan o'yinda ham ishtirok eta olmasligi mumkin.