"Yuventus" himoyachisi Jordjo Kellini A Seriyaning 29-tur uchrashuv doirasida "SPAL" jamoasiga qarshi baxsda jarohat oldi.
Tuttosport nashri xabariga ko'ra 33 yoshli himoyachi kutilganidanda jiddiy bo'lib chiqdi. Kellini oyoq mushaklaridagi jarohati sabab aniq 2 haftani o'tkazib yuboradi va terma jamoa ixtiyoriga bormaydi.
Shuningdek, Kellini 3-aprel kuni "Real"ga qarshi baxsni ham o'tkazib yuborishi mumkin. Ma'lumot uchun, "Yuventus" safida shuningdek Medxi Benatiya va Miralem Pyanichlar ham o'yinni o'tkazib yuboradi.
Bobojonov