"Real" yarimhimoyachisi Lukas Vaskes Ispaniya chempionatida "Jirona" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (6:3) uchrashuvda pokerga erishgan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Krishtianu Ronaldu qanchalik kuchaysa, "Real" ham shunchalik kuchayadi. Krishtianu aqlbovar qilmas saviyada o'ynamoqda va u buni har kuni namoyish etmoqda. U agar shu ruhda davom etsa, Pichichi sovrini uchun kurashda Messiga etib oladi", - deydi Vaskes.
Pichichi sovrini - Ispaniya ligasining eng yaxshi to'purariga topshiriladigan har yilgi mukofot.