"Real" yarimhimoyachisi Mateo Kovachich Ispaniya chempionatida "Jirona" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (6:3) uchrashuvda pokerga erishgan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Krishtianuning nima qilayotganidan ajablanganimiz yo'q, u har o'yinda gol urmoqda. Uni tabriklash kerak, faqat unimas, chunki hammamiz yaxshi o'yin o'tkazdik. Unga qoyil qolaman, ammo asosiysi jamoamiz g'alaba qozonyapti Kim gol urishining farqi yo'q", - deydi Kovachich.