«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Primeraning 29-turida «Jirona»ga qarshi kechgan va 6:3 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvda poker qayd etdi.
33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2018 yil boshidan buyon 13 o'yinda maydonga tushib, 21 gol urdi. U endilikda Evropadagi top-5 chempionatlarda bu ko'rsatkich bo'yicha etakchiga aylangan.
Ronaldu yil boshidan buyon bir poker, bir het-trik qayd etdi, shuningdek, 6 marta dubl qayd etilgan, u ikki o'yinda bittadan gol urgan. Ronalda qatorasiga 8 o'yinda uzluksiz gol urdi.
Portugaliyalik futbolchi «Oltin butsa» uchun imkoniyat saqlab qolmoqda. Hozirda mavsumda eng ko'p gol urgan Muhammad Salohda 28 gol bor. Ronaldu Primerada jami – 22 gol urgan.