Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Jirona”ga qarshi uchrashuvda (6:3) poker muallifiga aylandi.
Portugaliyalik 33 yoshli hujumchi joriy mavsum La-Ligadagi 22-golini urdi va “Barselona” hujumchisi Luis Suares (21 gol) ni ortda qoldirib to'purarlar poygasida, 2-o'ringa ko'tarildi. Ronaldu faqat Lionel Messi (25) dan uchta gol farqi bilan ortda qolmoqda.
Ronaldu La-Liganing birinchi qismida atigi 4 ta gol urdi, 2018 yil esa gollari sonini 18 taga etkazdi.
Suares 2017 yil 10 ta gol, 2018 yilda 11ta gol urgan. Messi esa o'tgan yil 15 ta joriy mavsum 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Messi mana 10 mavsumdirki Ispaniya chempionatida 20tadan kam gol urmayapti. Ronalduda esa bu ko'rsatkich 9 martani tashkil etadi.
Ronaldu joriy mavsum gol+pas tizimida 44 (36+8) ochko bilan “Real” futbolchilari orasida etakchilikni qo'lga olgan. Kuchli uchlikdan Lukas Vaskes (8+11) va Karim Benzema (8+9) lar ham o'rin egallashgan.