Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 29-tur doirasida “Jirona”ga qarshi o'yinda o'z nomiga xet-trik yozib qo'ydi.
Portugaliyalik 33 yoshli hujumchi bugungi gollari bilan terma jamoa va klub miqyosida faoliyatidagi 50- xet-trikini (bir o'yinda uchta gol) amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Ronaldu bu natija borasida La-Ligada (34) “Barselona” hujumchisi Lionel Messini (28) ortda qoldirmoqda.
Messi mana 10 mavsumdirki Ispaniya chempionatida 20tadan kam gol urmayapti. Ronalduda esa bu ko'rsatkich 9 martani tashkil etadi.
Ronaldu joriy mavsum gol+pas tizimida 43 (35+8) ochko bilan “Real” futbolchilari orasida etakchilikni qo'lga olgan. Kuchli uchlikdan Lukas Vaskes (8+11) va Karim Benzema (8+9) lar ham o'rin egallashgan.