Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 29-tur doirasida “Jirona”ga qarshi o'yinda o'z nomiga xet-trik yozib qo'ydi.
Portugaliyalik 33 yoshli hujumchi 2018 yil barcha musobaqalardagi 13 o'yinda jami bo'lib, 21ta gol urdi. Ronaldu hozircha bu natija borasida Evropaning kuchli top-5 chempionatlaridagi futbolchilar orasida yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu shu yilning o'zida ikki marta xet-trik va 6 marta dubl muallifiga aylandi.
Bundan tashqari, Krishtianu ketma-ket 8 ta o'yindan beri to'xtamasdan gol urmoqda.