Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 29-tur doirasida “Jirona”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida hisobni ochdi.
Gap shundaki, portugaliyalik 33 yoshli hujumchi 2018 yil barcha musobaqalardagi 13 o'yinda jami bo'lib, 19ta gol urdi.
Ronaldu hozircha bu natija borasida Evropaning kuchli top-5 chempionatlaridagi futbolchilar orasida yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu shu yilning o'zida bir marta xet-trik va 6 marta dubl muallifiga aylandi. Bundan tashqari, KriRo ketma-ket 8 ta o'yindan beri to'xtamasdan gol urmoqda.