"Real Madrid" forvardi Krishtianu Ronaldu jamoaning "Santiago Bernabeu"da kechgan so'nggi 5 uchrashuvda 11 ta gol kiritishga erishdi.
Portugaliyalik futbolchi La Ligadagi uzoq muddatlik "qurg'oqchilik"dan so'ng dastavval "Real Sosiedad"ga qarshi bahsda o'z nomiga 3 ta gol yozdirgan holda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Shundan so'ng "Deportivo", "Alaves", "Xetafe" kabi jamoalar "Bernabeu"ga tashrif buyurgan holda aynan Krishtianu Ronalduni o'zidan 2 tadan gol qabul qilib oldilar. Ronaldu bundan tashqari Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Parijning "PSJ" klubiga qarshi Madriddagi bahsda ham 2 ta gol kiritishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, bugun 00:45 da Ronaldu yetakchiligidagi "Real" o'z uyida Kataloniyaning "Jirona" klubiga qarshi 1-davradagi tasodifiy mag'lubiyat (1:2) uchun qasos olishga urinib ko'radilar.
RealBlancos