"Real Madrid" futbolchisi Marselo ertanggi final oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Biz bor diqqatimizni o'yinga qaratganmiz. Bu yerga nima uchun kelganimizni juda yaxshi anglab turibmiz, shunday ekan bizni hech narsa chalg'ita olmaydi. Biz bu yerga "Madrid"ni himoya qilish uchun keldik va ertangi o'yinda bor kuchimizni maydonga tashlaymiz. O'tkazilgan 2 haftani to'g'ri taqsimlab finalga tayyorgarlik ko'rdik. Meni hech narsa o'ylantirayotgani yo'q, chunki "Yuventus"ning taktik sxemasini yaxshi bilamiz va nima qilishni bilamiz. Ular bilan o'yinda muammolarga duch kelamiz deb o'ylamayman."
Zidah haqida:
"U har doimgidek xotirjam."
Keylor Navas haqida:
"U Madridga kelganida jamoada Iker bor edi va u uchun bu yerda to'p surish murakkab bo'lgan. U o'z ishini jimgina bajardi va hozirgi kunda jamoaning asosiy darvozaboni. Shuningdek, bizga Kasilya va Ruben ham yordam berishmoqda. Navas ajoyib darvozabon. Men uni har doim qo'llab-quvvatlayman, o'ylaymanki u bizga ertaga katta yordam beradi."