"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu reklama roligida yangi butsalarni namoyish qildi va o'z faoliyati haqida so'zladi, deya xabar beradi Championat.com.
"Boshidanoq dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni orzu qilganman. Do'stlarim menga "Nima deyapsan?" deyishgan. Men zavq olish uchun o'ynaganman, ammo salohiyatimni doim his qilganman. "MYu"da o'ynaganimda bunga ishonganman.
Bunday iqtidorga ega bo'lgan, sodiq va ishchan odamlarni ko'p uchratmaganman. Hech kim menga teng bo'lmaydi, hech kim Krishtianu bo'lolmaydi. Sen o'zing bo'lasan, men o'zim bo'laman", - deydi Ronaldu.