"Real" ustozi Zinedin Zidan EChL finalida "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni alqab qo'ydi.
"Krishtianu — yaxshi inson, u o'zgalar uchun g'amxo'r va xavotir oladi. U g'alaba qozonishdan charchamaydi. Unga har doim kam. U hatto mashg'ulotlarda ham g'alaba qozonishni istaydi. Bu uning qonida bor. Ronaldu tug'ma etakchi, ayniqsa maydonda.
Agar u bilan birga o'ynaganimizda Ronaldu yulduz bo'lar edi, chunki u ko'p gol uradi. Gol urish va gol o'tkazmaslik - eng asosiysi", - deydi Zidan.