Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. G'oliblik uchun imkoniyat kimda ko'proq?

Evropa chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashda ko'hna qit'aning eng kuchli (ayni paytdagi) 8 jamoasi qoldi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashda ko'hna qit'aning eng kuchli (ayni paytdagi) 8 jamoasi qoldi. Kimlarningdir sevimli jamoalari kurashdan chiqib ketgan, yana kimlarningdir jamoalari sovrin uchun dadil qadam tashladi. Bir-biriga o'xshamas, ajoyib 8 jamoa. Bu 8 jamoaning o'yin uslubi deyarli 8 xil. Lekin, tan olib aytish kerakki, g'oliblik uchun imkoniyatlar teng emas. Ha, albatta, Mourinoning “Portu”si yoki ser Aleks Fergyussonning “Aberdin”i ko'rsatgan natijani bu jamoalar ichidagi “Sevilya” takrorlay olmaydi, deya olmaymiz. Lekin, yana kim biladi? Hozir qur'a oldidan chempionlik uchun qaysi jamoada qanday imkoniyat bor ekanligini foiz ko'rinishda chamalashga urinib ko'ramiz. Yuz foizlik imkoniyatni 8 jamoaga bo'lib yubordik....


“SEVIL'Ya” — 3 foiz


Bir qarashda bu foiz juda ham kamdek ko'rinar, lekin qolgan ettita jamoaning salobati oldida “Sevilya”, o'zbekcha aytganda, “choy ichib” qoladigandek ko'rinyapti. To'g'ri, jamoa “Manchester Yunayted”ni engib, tarixga kirib bo'ldi. Muxlislari uchun ular allaqachon qahramonlar. “Orzular teatri”da ko'rsatgan mardanovor o'yini bilan hali ko'p yillar faxrlanishsa arziydi.

“LIVERPUL'” — 5 foiz


Mersasaydliklar guruhda “Sevilya”dan ortda qolishgan bo'lsa ham pley-offda juda yorqin o'yin ko'rsatishdi, go'yo. Jamoaning “Sevilya”dan imkoniyati ko'proq baholanayotganining sababi Muhammad Saloh va uning jamoadoshlari tobora o'zlarining pik formasiga chiqib borishmoqda. “Liverpul” o'zining hujumkor va ochiq futboli bilan qolgan etti jamoadan ajralib turadi. Bu shunday jamoaki, xohlaganicha gol uradi, xohlaganicha o'tkazadi, eng kuchli jamoani ham enga oladi, autsayderlarni ham tez-tez xursand qilib turadi. “Liverpul”ning barqaror o'yin ko'rsatmaganligi balki uning imkoniyatini pasaytirib yuborgandir.

“ROMA” – 6 foiz


Rimliklar bu mavsum juda ham mazmunli o'yin ko'rsatishmoqda. Chempionlar ligasi uchun yig'ilgan jamoadek ular guruhda kimsan “Atletiko”ni qoldirib, “Chelsi”dan ko'proq ochko to'plagancha guruhda birinchi bo'lishdi. Ularning “Chelsi” bilan mehmondagi o'yinlari bu mavsum guruh bosqichidagi eng chiroyli o'yin bo'ldi, desak fikrimizga qo'shilsangiz kerak. “Roma” anchadan beri bu turnir pley-offini sog'ingan, pley-off ham uni sog'inganiga shubhamiz yo'q. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

“YuVENTUS” — 13 foiz


Eh, “Yuventus”, “Yuventus”, seni “Tottenhem”ning muxlislari qanchalik “yoqtirib” qolishganini bilsang edi. Turinliklar “shpor”lar bilan juda og'ir ikkita o'yin o'tkazishdi. Ayniqsa, “Uembli”dagi javob o'yini eng qiyinlaridan biri bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. “Shpor”lar hisobni ochishganidan so'ng o'yinning borishi “Yuventus”ni poezdi so'nggi bekatiga kelganday ko'rinish uyg'otgandi. Lekin, ikkinchi bo'limda argentinaliklar poezdni relsga tushirib yuborishdi. Ularga esa Jiji ancha qarashdi. Ayniqsa, so'nggi daqiqalarda “Yuventus” xarakterli jamoaligi bilan maqtansa arzirdi.

“BAVARIYa” — 15 foiz


Myunxenning “Bavariya”si UEFA chempionlar ligasining bu bosqich mezboni desa ham bo'ladi. Jamoa juda ham tartibli va sovuqqon futbol namoyish etmoqda. Rulni Yup Xaynkes qo'liga olgach, “Bavariya” ancha tezlikni oshira oldi.”Beshiktosh” bilan o'yinlarda ular xohlaganini qilishdi. Endi qur'adan so'ng “Bavariya”ning raqibi kim bo'lishidan qat'i nazar, hech bir jamoa bu klubni ro'parasida ko'rishni istamasa kerak. Chunki bu klub o'zi ishtirok etadigan hamma turnirda xohlasak - xohlamasak doim favorit.

“MANChESTER SITI” — 18 foiz


“Shaharliklar” bu mavsumni fantastik o'tkazishmoqda. Ular dunyoning eng qiyin va shu bilan birgalikda eng kuchli, tomashabop chempionatida yakka peshqadamlik qilishmoqda. Chempionlik marrasi ular uchun deyarli ko'rinib qoldi. Chempionlar ligasida juda ham ishonchli harakat qilishmoqda. Ularni bu reytingda qo'rqmasdan birinchi o'ringa chiqargan bo'lardik, ammo, lekin, biroq… tajriba, tajriba va yana tajriba. “Manchester siti” o'yin bobida 8 jamoa ichida eng kuchlisi bo'lishi mumkin, ammo, bu turnirda soniyalar keyingi bosqich masalasini hal qiladi.Shu sabab, “Manchester Siti” ikki jamoani o'zidan oldinga o'tkazib yubormoqda va bu ikki jamoa sezganingizdek…

“BARSELONA” — 20 foiz


Ha, kataloniyaliklar “Chelsi” bilan javob uchrashuvini yirik hisobda engishgan bo'lsa ham, o'sha oqshom maydonda jang qilishdi. Villian va uning jamoadoshlarini zamonamiz futbolining erkatoy shahzodasi Messi boshlarini silab uyga kuzatib yubordi. “Barselona” Ispaniyada chempionlik uchun juda yaqin turibdi. Ularda hozir hammasi a'lo darajada ketmoqda. Deyarli katta yo'qotishlar yo'q, Dembele safga qaytgan va hokazo. Lekin jamoaning yutuqlarida asosiy omil — “Barsa”da yana ichki muhit ancha yaxshi. Jamoa jipslashmoqda. Messi yana qirolik taxtga ko'tarilish uchun bor kuchini maydonda ko'rsatishiga to'g'ri keladi. “Barselona”ning turnirdagi imkoniyatlari baribir shu yigitchaga chambarchas bog'liq.

“REAL MADRID” — 20 foiz


Bu ikki jamoani qanday qilib bir-biridan ustun qo'yish mumkin. Zamonamizning ikki qiroli to'p suradigan ikki gigant jamoalar. Mana 10 yildirki, ular oltin to'p uchun kurashda navbati bilan g'olib bo'lishmoqda. Ular to'qnashganda dunyo ikkiga bo'linadi. Shahzodalar taxt uchun ayovsiz kurashda davom etishmoqda. Ha, Ranaldu “PSJ” bilan o'yinlarda taxtga hali davogar ekanini namoyish etib qo'ya oldi. U jamoasini xuddi Messidek ortidan etaklab chiqdi. Shu erda Karlo Anchelotini bir gapi esimga tushib qoldi. “Agar “Real” “PSJ”dan o'ta olsa, unda ularni hech kim to'xtata olmaydi”. “Real” “PSJ”dan o'ta oldi. O'tganda ham haqqoniy o'tdi. Jamoa xuddi gladiatorlardek kurashdi va natijaga erisha oldi. “Real”ning katta g'alabalarida men Ramos, Marcelo, Ronaldu uchligi hissasini katta deb hisoblayman.

Yakun…
Bu shunchaki arifmetika xolos. Maydon tekis, to'p yumaloq. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Pley-offdagi 8 jamoaga ham omad tilaymiz. Ularning shiddatli va yorqin o'yinlariga muxlislar mushtoq.

Yahyoxo'ja ULUG'XO'JAEV

BestMaster
16 Mart 2018, 11:29
goliblik, uchun, imkoniyat, kimda, koproq?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Lapagul  
Real chempion bulsa zur buladiku
16 Mart 2018, 15:59
 Boss007  
real yutadi
16 Mart 2018, 18:31
ferinand
 ferinand  
Raxmat Yaxyoxo'ja aka yaxshi tuzib chiqibsiz, bu kulublarni xammasixam kuchli lekin sovrin bittasiniki bo'ladi, men Real va Juventusga muxlislig qilayotgandim endi bittasini tanlashimga to'g'ri keldi bu o'zim sevgan Real Madrid unga omad
16 Mart 2018, 20:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads