Yosh braziliyalik futbolchi o'zini juda yaxshi xis etmoqda.
Vinisius Junior kecha Libertadores kubogida faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazdi. 17 yoshli futbolchi "Flamengo" tarkibida "Emelek"ga qarshi uchrashuvda qahramonga aylandi.
Bosh murabbiy Vinisiusni 67-daqiqada maydonga tushirdi va o'sha daqiqalarga kelib "Flamengo" 1:0 hisobida mag'lub bo'layotgan edi. Junior tushganidan 11 daqiqa o'tib hisobni tenglashtirdi, yana 7 daqiqa o'tib esa uchrashuvdagi 2-golini kiritdi.
Ma'lumot uchun, 17 yoshli futbolchi uchun bu baxs Libertadores kubogidagi debyut o'yini edi.
Bobojonov