“Arsenal” rahbariyati “Real” a'zosi Luka Modrichni sotib olishga yaqin turibdi.
“Don Balon” nashriga ko'ra, “kanonirlar” xorvatiyalik futbolchi uchun 60 mln evro berishga tayyor. O'z navbatida Modrich ham Angliyaga qaytishni istamoqda. “Real” prezidenti Modrich bilan xayrlashmoqchi emas, biroq futbolchining shartnomasiga ko'ra, agar Luka jamoadan ketishni istasa, Peres bunga qarshilik qila olmaydi.