"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Neymar Rossiyadagi jahon chempionati boshlangunga qadar yangi jamoaga o'tish masalasini hal qilib qo'ymoqchi. Boisi, futbolchining transferi bilan bog'liq mish-mishlar Mundial paytida uning o'yiniga salbiy ta'sir ko'rsatishini braziliyalik futbolchi istamayapti. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
"AS" nashri xabar tarqatishicha esa, hujumchi "Barselona"ni emas, "Real"ni tanlagan. Bundan tashqari, kutilmaganda, Neymar bilan shartnomaga ega bo'lgan Nike kompaniyasi ham vaziyatga aralashmoqda. Sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniya Neymarni "Real"ga o'tish uchun ko'ndirmoqchi va transferning bir qismini to'lab bermoqchi. Nike shu yo'l orqali "Real" bilan homiylik shartnomasi imzolashni ko'zlamoqda.
"Real" esa hozirda "Adidas" tayyorlaydigan formalardan foydalanib kelmoqda va ular o'rtasidagi shartnoma 2020 yilga qadar tuzilgan. Madridliklar har yili Adidas'dan 40 mln evro olishadi. Neymar Madridga ko'chib o'tsa, "Qirollik klubi" bilan hamkorlik o'rnatish mumkinligiga Nike ishonmoqda.