"Yuventus" himoyachisi Dani Alves final oldidan Massimiliano Allegri va Buffon bilan birgalikda press-konferensiyada ishtirok etdi.
"Bugun (ertaga) juda muhim kun deb bilaman. Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etish va finalda maydonga tushish katta sharaf. Buni barcha xohlaydi. Biz esa bu kechada yanada o'zgacha bo'lishini istaymiz. Sovrinlar - bu tarix. U har doim o'zgarib turadi. Har safar yangi natijalar qayd etiladi. Xayot meni bu jamoaga olib keldi va endi men bu jamoaga qo'limdan kelgancha yordam beraman. Bu yerga "Yuve"ning orzularini amalga oshirishga yordam berish uchun keldim. Agarda bu jamoada muhim futbolchi bo'lsan qanday yaxshi, xuddi Buffon kabi. U faoliyatini yakunlashi mumkin edi, ammo hammasi joyida bo'lmoqda. Men bu klub bilan shartnoma imzolab Turinga kelganimga aytgan edim, bu yerga yulduz emas, mehnatkash ot keldi deb. Biz g'alabaga juda yaqin keldik, endik bu vazifani reallashtirishimiz kerak. Men bu turnirni allaqachon yutganman, ammo endi bu kubokni yangi jamoadoshlarim bilan ham yutish imkoniyati bor. Agarda kubokni Buffon bilan birga yutsam ajoyib ish bo'lar edi. Bugun tunda har doimgidek sokin uyqu bo'ladi. Chunki ertaga murakkab ish olib boramiz.
Bu Alves va "Real Madrid" uchrashuvi emas. Bu "Real Madrid" va "Yuventus" baxsi. Bu jamoalar o'rtasida alohida hisob kitob bor. 1998-yil "Real" ofsaytdan kiritilgan gol evaziga chempion bo'lgan."