21 yoshli "Xayduk" darvozaboni Karlo Letitsa "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan haqida gapirib o'tdi.
"Marca nashrida bu haqida o'qiganimdan so'ng darxol telefonimni o'chirdim. To'g'risini aytsam bu xabar meni xayron qoldirdi. Keling yaxshisi bu haqida keyin gaplashamiz", - deydi Letitsa.
Ushbu mavsumda Letitsa Xorvatiya chempionatida 4 ta gol o'tkazib yubordi va 1 ta golga mualliflik qildi. Uning jamoasi hozircha 25 o'yindan so'ng 50 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.
Bobojonov