"PSJ" himoyachisi Dani Alves "Real" huumchisi Krishtianu Ronaldu bilan voqeani esladi.
EChL 1/8 finalining javob uchrashuvida Alves burnini qoqib, qo'lini Ronalduning engiga artgan edi.
"Aytishlaricha, men manqamni Ronalduning futbolkasiga artgan ekanman. Mana, nima uchun men o'zim yashayotgan dunyoni tushunmasligimni aytib kelaman. Ba'zan "mening yoshim ikkidami yoki mana bu odamlar ikki yoshdami" deb o'ylab qolaman. Nafas olishda qiynalib qolaman, menga havo kerak.
Ronaldu menga zarba bermoqchi bo'lganini ko'rdim, ammo futbol, ortiqcha gap yo'q.Unga "Qariya, men ham seningdek mag'lubiyatni yoqtirmayman" dedim", - deydi Alves.