"Madrid" qiziqish bildirayotgan hujumchi o'z klubini o'zgartirmoqchi emas.
"Leypzig" klubi hujumchisi Timo Verner keyingi mavsum ham o'z jamoasida qolmoqchi ekanligini ma'lum qilib o'tdi. OAV oldinroq yosh hujumchi "Real" short-listida bor ekanligi aytib o'tilgan edi.
"Mening jamoam bilan amaldagi shartnomam 2022-yilda yakuniga yetadi va men "Leypzig"daligimdan baxtliman. Shubxasiz, men keyingi mavsumda ham bu klubda qolaman", - deydi Verner Sky nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli hujumchi ushbu mavsumda 35 o'yidna 17 ta gol va 4 ta golga assistentlik qildi.
Bobojonov