El Confidencial xabariga ko'ra, "Real" klubi "Liverpul"ning misrlik humchisi Muhammad Salohni qo'lga kiritmoqchi.
25 yoshli futbolchi uchun madridliklar 160 million evro to'lashga tayyorlar va uni Garet Beylning o'rnida ko'rmoqdalar.
Eslatib o'tamiz, Saloh APLdagi dastlabki mavsumini o'tkazmoqda. U "Roma"dan 40 million evro evaziga "Liverpul" safiga qo'shilgan edi.