Xorvatiyaning "Xayduk" klubi darvozaboni Karlo Letitsa mamlakat chempionatining 25-turida "Istra"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga g'alaba keltirdi (3:2).
21 yoshli darvozabon 96-daqiqada jarima to'pi tepilganidan so'ng g'alaba to'pini kiritdi.
"Xayduk" Xorvatiya chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Letitsa ushbu mavsumda 11 uchrashuvda 4 ta gol o'tkazib yuborgan Unga "Real" qiziqayotgani xabar qilingan edi.