Ispaniyalik mashhur ekspert va jurnalist Gilem Balage "PSJ" hujumchisi Neymarning kelajagi to'g'risida fikr bildirib o'tdi.
"Yaqin oylarda va xattoki keyingi mavsumda ham biz Neymar "PSJ"dan ketishni xohlaydi degan so'zlarni eshitamiz. Bilishimcha, Neymar yaxshi tushinib turubdi, "PSJ" uni qo'yib yubormaydi. AS nashri tomonidan "Real" Neymar uchun 400 mln yevro taklif qildi degan xabar guvohi bo'ldik. Ammo gap pulda emas, "Parij" hozir umuman Neymarni sotishni o'ylamayapdi. Futbolchining o'zi ham sezib turubdi bu yer uning saviyasidagi joy emas. "Real" Neymarni xohlaydi, u ketishni xohlaydi, "PSJ" esa uni qo'yib yuborishni xohlamaydi. Yana bitta xabar chiqdiki Neymar jamoadoshlariga "Barselona"ga qaytish istagi xaqida gapirgan emish. Bu shunchaki "PSJ"ga bosim qilish, ammo bu gap so'zlarga parijliklar e'tibor qaratmaydi.
Shunisi xaqiqatgi "Real" Neymarning vakillari bilan uchrashdi, lekin "PSJ" braziliyalikni sotmasligini ta'kidladi. O'ylashimcha, Neymar Parijda yana bir mavsum qoladi", - deydi Balage.
Bobojonov