Ispaniyalik jurnalist Gilem Balage "PSJ" huumchisi Neymarning kelajagi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaqin oylar va hatto kelgusi mavsumda ham Neymarning "PSJ"dan ketishi haqidagi xabarlarni o'qiyveramiz. Bu mish-mishlar uning yaqinlaridan chiqayotganiga ishonaman.
O'ylashimcha, Neymar "PSJ" uning uchun emasligini tushundi va boshqa raqobatbardosh jamoada o'ynashni istamoqda.
As nashri 400 million evro haqida yozdi. Bu agar "PSJ" Neymarni sotishni istasa "Real" to'lashi mumkin bo'lgan summa. Muammo shundaki, parijliklar uni sotmoqchi emas.
Shunday summa tilga olinayotgan ekan, kimdir qandaydir harakatni amalga oshirishi kerak. Neymar o'ziga mos bo'lmagan jamoaga o'tganini tushundi.
Neymarning yaqinlari tarqatgan yana bir gap: u "Barselona" o'yinchilari va rahbarlariga qaytish haqida gapirgan emish. Bu parijliklar uni sotishlari uchun uyushtirilayotgan bosimning o'zginasi. Pariliklar bundan kulishmoqda. Bunday gaplar hali ko'p tarqaydi.
"Real" Neymarning vakillari bilan uchrashgani rost, ammo "PSJ" uni sotmoqchi emas. U kamida bir yil Parijda o'ynaydi, keyin hammasi ravshan bo'ladi", - deydi jurnalist.