Ispaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan “Eybar” – “Real” Madrid jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar Ronalduning dubli evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Dastlab, Ronaldu 34-daqiqada hisobni ochdi, ikkinchi bo'limda Ramos tomonidan ochiq qoldirilgan Ramis oradagi farqni tenglashtirdi. Shundan so'ng, Zidan maydonda taktik o'zgarishlar amalga oshirib, uchta zaxirani ham amalga oshirdi. Shuning natijasida, o'ng qanotdan oshirib berilgan uzatmani yana Ronaldu golga aylantirib, “Real” jamoasining bugungi g'alabasini ta'minlab berdi.
Ispaniya chempionati. 28-tur.
Eybar – Real Madrid 1:2.
Gollar: 0:1 – 34 Ronaldu, 1:1 – 50 Ramis, 1:2 – 84 Ronaldu.
Eybar – Dmitrovich, Ramis (Paulu Oliveyra, 67), Xose Anxel, Kapa, Arbilya, Dani Garsiya, Eskalante (Diop, 85), Jordan, Leon, Inui (Sharles, 87), Kike.
Real Madrid – Navas, Varan (Nacho, 28), Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Vaskes, 71), Kazemiro, Kroos (Benzema, 71), Modrich, Beyl, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Beyl (30), Ramis (45).