“PSJ” hujumchisi Neymar frantsuz klubi safida mavsum oxirigacha maydonga tusha olmasligidan xabaringiz bor. Ammo braziliyalik futbolchi frantsuz klubi safida boshqa o'ynamasligi ham mumkin.
“Sport.es” manbasiga ko'ra, 26 yoshli hujumchi otasidan yozda “Real”ga o'tish masalasini tezroq hal qilishni so'ragan. Neymarga “PSJ” ishqibozlarining tanqidlari yoqmayapti, u “Real”ga o'tish uchun hatto “PSJ”da qolishi uchun Parij klubi rahbariyati tomonidan taklif qilinayotgan yaxshigina mablag'ni ham rad etishga tayyor.