"Yuventus" futbolchisi Stefano Sturaro sonidan jarohat oldi va finalni o'tkazib yuborishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra yarimhimoyachi mashg'ulotlarida sonidan jarohat olgan. 24 yoshli futbolchi shunday bo'lsada jamoa bilan Kardiffga yetib keldi, ammo maydonga tushish-tushmasligi so'roq ostida.
Ma'lumot uchun, Sturaro ushb mavsumda CHL turnirida 4 ta o'yinda maydonga tushdi.