Lissabonning "Sporting" klubi chap qanot himoyachisi Fabio Koentrau Marca nashriga intervyu berish jarayonida "Real Madrid"ga qaytishni xohlamasligini aytib o'tdi.
"Madrid"da menga Marselo raqobatchi edi. U bilan raqobat qilishimga menga jarohatlar xalaqit berdi. Shukurki, hozir Portugaliyada o'zimni juda yaxshi va ishonchli xis qilayapman. "Realda futbol qanday o'ynalishini unutib qo'ya boshlagandim. "Sporting"da esa hammasi joyida va kareram oxirigacha shu erda qolishni istayman. Futbolchiga o'ziga bo'lgan ishonch juda muhim, "Qirollik klubi"da esa men o'zimga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ydim. Albatta, meni "Real" bilan shartnomam hali bor, buni xurmat qilaman, ammo "Sporting"da qolganim ma'qul. Bu yerda ekanligimdan baxtliman", - deydi Koentrau.
Bobojonov