“Real” sardori Serxio Ramos “PSJ” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin mashg'ulotga “Fiat 600” nomli eski avtomobilda keldi. Mashinaning o'ng tomonida futbolchining ism-sharifini bosh harflari hamda o'ynaydigan raqami aks etgandi. Mazkur avtomobil Italiyada 1955-1969 yillarda mashhur bo'lgan.
Ramosning ma'lum qilishicha, ushbu mashinani unga akasi tug'ilgan kuniga atab sovg'a qilgan. Garchi Ramos 30 yanvarda tug'ilgan bo'lsa-da, akasi uni oldinroq tabriklashga qaror qilgan.
“Klassik avtomobillar hech qachon o'lmaydi. Tug'ilgan kunim uchun ajoyib sovg'a. Minnatdorman. Sizni yaxshi ko'raman, akajon”, deb yozib qoldirdi Ramos instagrammdagi sahifasida.