Angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem o'zining sobiq klublari — “PSJ” va “Real” o'yiniga tashrif buyurdi.
Angliyalik futbolchi bu o'yinga 21 yoshli supermodel Bella Xadid bilan keldi. Fotograflar esa Bekxemning futbol ko'rishdan ko'ra ko'proq supermodelga e'tibor qaratganini tasvirlarga muhrlashdi.
Ma'lumot uchun, oldinroq Bekxemning rafiqasi Viktoriya bilan ajrashmoqchi ekanligi haqida xabar tarqalgandi.