“Liverpul” a'zosi Emre Jan faoliyatini “Real”da davom ettirishni istayapti.
Jan yozda klubni tark etadi va erkin agentga aylanadi. Ayni damda “Yuventus” uni o'z safida ko'rishni istayapti, biroq Jan “Real”ga o'tmoqchi va “qirollik klubi”dan taklif kutyapti.
“Real” agar yozda Markos Lorenteni sotsa, Jan bilan shartnoma imzolashi mumkin.