"Real Madrid" markaziy himoyachisi Diego Llorente faoliyatini "Real Sosedad"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi. Basklar futbolchi uchun 8 mln yevro taklif etmoqda.
Kanterano so'nggi ikki yilda "Rayo Valekano" va "Malaga" tarkibida ijara asosida to'p surdi, ammo "Qirollik klubi" rejalariga kira olmadi. Ammo futbolchi Ispaniya milliy terma jamoasida debyut qilishga ulgurdi.
Eslatib o'tamiz, Llorente ushbu mavsumda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol, 3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ishlab oldi.