"PSJ" yarimhimoyachisi Yulian Draksler jamoasi EChL musobaqasidan chiqib ketganidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Parijliklar EChL 1/8 finalining har ikki uchrashuvida "Real"ga mag'lub bo'ldilar (1:3, 1:2).
"Biz keyingi bosqichga munosib bo'lolmadik. Klub yangi o'yinchilarga 400 million evro sarfladi va tez orada chempionlar ligasida g'olib chiqish haqida gapira boshladik. Ammo yana 1/8 finalda chiqib ketyapmiz", - deydi Draksler.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" javob uchrashuvini Neymarsiz o'tkazdi.