"Real" sardori Serxio Ramos Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "PSJ"ga qarshi to'qnashuv borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zimiz uchun sevimli bo'lgan musobaqada jiddiy kurash bo'lishini bilardik. Biz ruhiy jihatdan tiklanib oldik, lekin hali hech narsa yutmadik. Murabbiyimiz "PSJ"ga qarshi yaxshi rejasiga ega edi. "Real" "PSJ"ga qarshi qanday o'ynash kerakligini bilardi. Raqibga nisbatan yuqori pressing qo'lladik va to'pni maydonning raqib tomonidayoq olib qo'yishga harakat qildik.
"PSJ" qanotlarda bo'sh hudud qoldirdi va biz bundan samarali foydalandik. Raqib darvozasi oldida omadimiz keldi. Bizga oson bo'lmadi. Maydonda katta kuch sarflashga to'g'ri keldi. Butun jamoa ajoyib o'yin o'tkazdi.
Zidan har kuni biz bilan. Hozirda kim yaxshi formada ekanini u yaxshi biladi. U bizni barchadan ko'ra yaxshiroq biladi", – dedi Ramos Goal.com nashriga bergan intervyusida.