“Real” ustozi Zinedin Zidan yozda futbolchi xarid qilish borasida klub rahbariyati bilan kelisha olmayapti.
“Diario Gol”ning ma'lumot berishicha, frantsiyalik mutaxassis klubga yozda “Liverpul” a'zosi Muhammad Salohni olib kelmoqchi. Biroq “Real” prezidenti Xarri Keyn variantini afzal ko'rmoqda va allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan.
Zidanning fikricha, Saloh universal futbolchi va “Real”ga Keynga qaraganda ko'proq foyda keltiradi.