“PSJ”ning qatarlik rahbarlari EChL 1/8 finali doirasida “Real”ga qarshi o'yinni oxirigacha tomosha qilishmadi.
“RMC Sport”ning yozishicha, ular “Park de Prens”ni o'yinning 66-daqiqasidayoq tark etishgan. Chunki xuddi shu paytda frantsuzlar vakili Marko Verratti hakam tomonidan maydondan chetlatilgandi va “PSJ” 0:1 hisobida yutqazayotgandi.