“Real” klubi Keynga bo'lgan qiziqishini yo'qotib bormoqda.
“Le 10 Sport” nashrida yozilishicha, “qirollik klubi” 24 yoshli hujumchini xarid qilmasligi mumkin. “Real” rahbariyati Maykl Ouen va Jonatan Vudgeyt kabi ingliz futbolchilari bilan bog'liq omadsiz tajribadan kelib chiqib shunday xulosaga kelmoqda. Klubning fikricha, Keyn bilan ham xuddi yuqoridagi futbolchilar bilan bo'lgani kabi holat takrorlanishi mumkin.