«Shalke», «Real» va «Borussiya» D. klublari sobiq futbolchisi Kristof Mettselderning aytishicha, madridliklar yozda «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskini o'z tomonlariga og'dirolmaydilar.
«Gap Myunxenda almashtirib bo'lmas o'yinchi darajasiga chiqqan mohir to'purar haqida ketyapti.
Ayni vaqt transferlar bozorida uning saviyasidagi futbolchi yo'q. Bilamizki, «Bavariya» odatda o'z etakchisini qo'yib yubormaydi. Ya'ni klub ortiqcha pulga uchmaydi.
Ha, «Real» - orzular jamoasi, buni o'z tajribamdan bilaman. Ammo «Bavariya» yuqori saviyali o'yinchining ketishiga aslo yo'l qo'ymaydi, baribir», - dedi Mettselder.