Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl mavsum oxirida jamoasini almashtirishi mumkin.
Ma'lumotlarga qaraganda, Beyl ushbu qarorni bugun PSJga qarshi Parijda bo'lib o'tgan javob bahsi (2:1) dan so'ng qabul qilgan. Beyl o'ynning 76-daqiqasida maydonga tushirildi. Birinchi o'yinda esa maydonda 68-daqiqadan keyin harakat qilishni boshlagan edi.
Futbolchining agenti Jonatan Barnett yozda mijoziga yangi jamoa qidirish ishlarini boshlab yuboradi. “Real” esa Beylni 5 yil avval “Tottenxem”dan xarid qilingan miqdor - 100 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq madridliklar futbolchilarini “Manchester Yunayted” yoki “Tottenxem” jamoalariga sotishni rejalashtirayotganlari haqida xabarlar paydo bo'lgandi.