"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl ushbu mavsum yakunidan so'ng hozirgi klubini tark etishi mumkin
El Confidencial nashrining ma'lum qilinishicha, futbolchi jamoadagi holatidan norozi va yozgi transferlar chog'ida tushishi mumkin bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Beylga "Manchester Yunayted" va uning sobiq jamoasi "Tottenhem" qiziqmoqda.
Uelslik 28 yoshli futbolchi primeraning ushbu mavsumida 17 uchrashuvda 8 ta gol urgan.