L`Equipe xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri yozda "PSJ" bosh murabbiyi vazifasidan ketadi.
Parijliklar Emerini iste'foga chiqarmaydi, shunchaki, uning shartnomasi muddati yozda nihoyasiga etadi. Klub rahbarlari uning shartnomasini uzaytirishni mo'ljallamayaptilar, chunki bosh vazifa - evrokubok g'olibi bo'lish amalga oshmadi.
Frantsiyaliklar Emerining o'rniga "Real" ustozi Zinedin Zidanni taklif etishi haqda xabarlar bor.