Marca xabariga ko'ra, "PSJ" rahbariyati agar klub EChLda g'olib chiqa olmasa, "Real" ustozi Zinedin Zidan bilan muzokaralarni boshlashi kerak edi.
Kecha bo'lib o'tgan nimchorak final uchrashuvida parijliklar 1:3 hisobida yutqazdilar va musobaqani tark etdilar. Endi frantsuzlar ustozi Unai Emeri iste'foga chiqarilishi mumkin.
O'z navbatida Zidan ham Madridda ma'lum muammolarga duch kelmoqda. Agar madridliklar chempionlar ligasini qo'lga kiritmasalar bu mavsumda "Real" sovrinsiz qolishi mumkin.