"Milan" klubi va Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakki EChL nimchorak finalida "PSJ" va "Real" o'rtasidagi bahslarga sharh berdi.
"Real" juda kuchsiz amoa bilan to'qnashdi. "PSJ" - o'yinchilar yig'indisi xolos. G'oyani sotib olib bo'lmaydi. Klub har doim birinchi o'rinda. Bu "PSJ"ga ko'p narsa etishmaydi. Bugun "Real" labida qistirilgan sigaret bilan o'ynaganini ko'rdim. Marko Verrattining ishiga bo'lgan munosababtini ko'rib, Parijda klub yo'qligini tushunasiz", - deydi Sakki.