"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas EChL 1/8 finalining javob uchrashuvida (0:0) davrozasidan gol o'tkazmadi.
Ispaniyalik posbon bu musobaqada 57-o'yinda darvozasini dahlsiz saqlamoqda va bu ko'rsatkich bo'yicha EChL rekordchisi bo'ldi.
Bundan tashqari, Kasilyas EChLda o'tkazilgan o'yinlar rekordini yangiladi - 167 ("Portu"da 17 va "Real"da 150).