"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL 1/8 finalida "PSJ"ga qarshi javob urashuvi haqida fiur bildirdi (2:1).
"Biz o'yin boshidanoq bosim uyushtirdik. Ideal o'yin o'tazdik deb o'ylayman. Keyingi bosqichga o'tshanimizdan juda xursandman. Qarorni men chiqaraman va jamoani tayyorlayman. Taktik jihatdan o'zimiz xohlagan o'yinni o'tkazdik.
Ispanipya chempionati va kubogida qiyin davrni boshimizdan o'tkazdik. Har uch kunda o'yin bbilan saviyani saqlash qiyin. Har doim g'alaba qozonib bo'lmaydi. Hozir primeradan ham g'alaba qozona boshladik va shanba kuni "Eybar"ga qarshi o'yin haqida o'ylaymiz.
"PSJ" uncha yaxshi o'ynay olmadi, balki, bunga "Real"ning yaxshi o'ynagani sabab bo'lgandir. Chetlatish va ikkinchi goldan so'ng raqibga juda qiyin bo'lib qoldi.
Hamma o'yinchilarni hurmat qilaman, jumladan, Beylni ham. U "PSJ"ga qarshi har ikki o'yinning boshlang'ich tarkibida bo'lmadi, ammo u muhim futbolchi. Raqiblarga muammo yaratadi. Biz bugungiday birdamlikni saqlashimiz kerak", - deydi Zidan.