Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, jamoadoshi Serxio Ramosdan Konfederatsiyalar kubogi – 2017 musobaqasida ishtirok etish borasida maslahat so'rganini aytdi.
«Ha, turnirda ishtirok etaman, ta'tilga chiqmayman. Chunki men hech qachon bu musobaqada o'ynamaganman. Konfederatsiyalar kubogi haqida ispaniyalik futbolchilardan so'radim. Masalan, Serxio Ramos bu juda qiziqarli turnir ekanini aytdi. Unda bu musobaqada ishtirok etish tajribasi bor» - dedi Krishtianu Ronaldu Fox Sports xabarida.
KK-2017 musobaqasi 17 iyundan 2 iyulgacha Rossiyada o'tkaziladi.