Madridning “Real” klubi EChL nimchorak finalida “PSJni mag'lub etdi.
“Qirollik klubi” himoyachisi Dani Karvaxal javob o'yinini to'liq 90 daqiqa o'tkazib, mag'lubiyatsiz seriyalarni davom ettirdi.
Aniqrog' aytganda, Karvaxal EChL musobaqasida deyarli uch yil, 24 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi.
8 yil avval “Manchester Yunayted” tarkibida Nani hamda Patris Evra kabi futbolchilar ham xuddi shuncha o'yin mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishgan.
Karvaxal 2015 yil may oyida EChL 1/2 final bosqida “Yuventus”ga qarshi o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan ekan.