«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar, katta ehtimol bilan, yozda jamoani tark etadi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.
Belgiyalik futbolchi «Stemford Brij»ni tark etib, «Real» bilan shartnoma imzolashga tayyor. Londonliklar bosh murabbiyi Antonio Kontening ish uslubi Azarga yoqmayapti va u o'zini yangi jamoada sinab ko'rmoqchi.
O'z navbatida, «Real» Eden uchun 100 million evrodan ko'proq pul to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi faoliyatini davom ettirish uchun "Qirollik klubi"ni eng maqbul variant deb o'ylamoqda.